Mingbuloq tumanining sobiq hokimi Nurshod Xudoyberdiyev Namangan viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. U iyul oyida prezident o‘tkazgan yig‘ilishda faoliyatidagi tizimli kamchiliklari uchun ishdan olingandi. 2020-yilda esa fermerlarni so‘kkani uchun jarimaga tortilgan.
Navoiy viloyatining Uchquduq tumaniga Uchqun Yelmuratov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar “Agrobank” viloyat filiali boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
2019-yildan buyon poytaxtning Uchtepa tumani hokimligini boshqarib kelgan Farxod Abdullayev “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” boshqaruv raisi bo‘ldi. Tumanni birinchi o‘rinbosar Jamshid Alimjonov vaqtincha boshqarib turadi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Sherbek Buranov Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi etib tayinlandi.
Rustam Sulaymonov Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Muzaffar Aripov esa Toshkent viloyatining Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Rustam G‘afurov Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.
Komiljon Mullajanov Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga hokim bo‘ldi. Shuningdek, Abduraxim Umarov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sherzod Shokirov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumaniga, Sardor Palvanov Xorazm viloyatining Xiva tumaniga hokim etib tayinlandi.
Valijan Niyazimbetov Ellikqal’a tumaniga hokim etib tayinlandi. Shu paytga qadar u To‘rtko‘l tumani hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Otavullaxon Rasulov Andijon viloyatining Oltinko‘l tumaniga, Muhammad Haydarov Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi.
Ergashali Abdujalilov Oltinko‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati hokimi yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Baxtiyor Begmatov Bo‘ka tuman hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.
Shuhrat Do‘sbekov Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga hokim etib tayinlandi. U bu lavozimda 4 oy ishlagan va mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlangan Shuhrat Mirzayevning o‘rnini egalladi.
Shoyadbek Babayev Andijonning Paxtaobod tumaniga hokimi etib tayinlandi. U bungacha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting